Shaklni siz uchun qulay vaqtda to’ldiring
Bizning saytimizda siz istalgan vaqtda anketani to’ldirishingiz mumkin. Arizachilar soni ko‘pligi va rasmiy veb-sayt doimiy ravishda qotib qolishi tufayli oktyabr oyini kutish va uni bir necha marta to‘ldirish shart emas
Shaxsiy hisobingizni oling
Bizning saytimizda so’rovnomani to’ldirish orqali siz har yili yana anketani to’ldirishingiz shart emas. Oila a’zolarining fotosuratlari va ma’lumotlarini yangilash kerak bo’ladi. Sizning “Tasdiqlash raqamingiz” shaxsiy hisobingizda ham ko’rsatiladi.
Ingliz tilini bilish shart emas
Anketani siz uchun qulay tilda to’ldiring: rus, o’zbek yoki ingliz. Bu sizni biror joyda xato qilish qo’rquvidan xalos qiladi. Darhaqiqat, Dv Lottery rasmiy veb-saytida siz so’rovnomani faqat ingliz tilida to’ldirishingiz mumkin.
Keling, xato qilmaylik
Anketani to’ldirganingizdan so’ng, bizning mutaxassislarimiz ma’lumotlaringizni sinchkovlik bilan o’rganadilar va xatolarni tekshiradilar. Agar xato topilsa, shaxsiy kabinetda tegishli bildirishnoma ko’rsatiladi.
Bizning yordamimiz tufayli 10 000 dan ortiq odam Green Card yutib oldi. Arizangizni topshirishda va g’alaba qozonganingizdan keyin sizga yordam beradigan ajoyib va bebaho tajribamiz bor. Biz AQSh elchixonasiga tashrif buyurishda juda muhim bo’lgan ko’plab nozikliklar va nuanslarni bilamiz
O’yin boshlanishiga qolgan vaqt
Siz ham green card yutib AQSH da doimiy yashash va ishlash huquqini qo’lga kiritishni orzu qilganmisiz? Unday bo’lsa bugun, green card haqida malumot hamda sizni qiziqtirgan savollarga javob beraman.
Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )
Green card nima?
Bu hujjat hozirgi kunda “Green card” nomi bilan tanilgan. Bu hujjatning asl nomi – “Permanent resident card”. Permanent resident card, bu – AQSH da doimiy yashash va ishlash huquqini beradigan hujjat hisoblanadi.
Bu hujjatni qo’lga kiritishning bir necha usullari bor. Bulardan eng ommabop va oson usuli bu – lotoreya o’yin ko’rinishi hisoblanadi. Har yili 50 000 dona green card, lotoreya orqali o’z egasini topadi.
GrenCard lotareya o’yini bir yilda bir marta oktyabr oyi boshidan noyabr oyi boshigacha bir oy o’ynaladi.
Grin kart lotareyasida qanday ro’yxatdan o’tiladi
Ro‘yxatdan o‘tishni faqatgina www.dvlottery.state.gov sayti orqali amalga oshirishingiz mumkin. Bundan boshqa saytlarning barchasi feyk hisoblanadi. Ular firibgarlar hisoblanib, siz haqingizdagi ma’lumotlarni olib, siz yutdingiz deb e’lon berishadi va sizni aldab pul olishadi.
DIQQAT! Aldanmang! Green card o’yini faqatgina 1 sayt orqali, yani www.dvlottery.state.gov orqali ingliz tilida olib boriladi.
Bu lotereya ko’rinishidagi o’yinda ro’yxatdan o’tish uchun:
Barcha ma’lumotlaringizni kiritib oxirgi tugmani bosganingizdan keyin sizga yangi sahifa ochiladi va o’yin natijalarini tekshirish uchun 16 xonadan iborat son va xarflardan tashkil topgan Confirmation number (tasdiqlash raqamingiz) beriladi. Bu ma’lumotlar yordamida o’yin natijasini tekshirasiz. Siz bu ma’lumotlarni yo’qolmaydigan joyga saqlab qo’yishingiz shart, aks holda siz yutgan yoki yutmaganingizni bilishning imkoni bo’lmaydi. O’yinning javobini keyingi yilning may oylarida tekshirishingiz mumkin.
Diqqat! Sizga buni bajarib berishmoqchi bo’layotgan vositachilar xizmatidan foydalanmang! Chunki, buning uchun ularga haq to’lashingiz kerak. Buning o’rniga o’zingiz, yuqorida ko’rsatilgan manzilga kirib, osongina ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Yutiqni tekshirish uchun nima qilishim kerak
Demak, natijangizni tekshirishingiz uchun sizda 16 xonadan iborat son va xarflardan tashkil topgan Confirmation number (tasdiqlash raqamingiz) bo’lishi zarur. Agar sizda ushbu raqamlar bo’lsa, sizda natijangizni tekshirishingizning imkoni bo’ladi. Yutuq quyidagi yo’nalish orqali tekshiriladi:
Agar HAS NOT BEEN SELECTED yozuviga ko’zingiz tushsa, biling-ki sizga bu yil omad kulib boqmagan bo’ladi.
Agar sizga yutuq chiqqan bo’lsa, unda AQSh davlat departamentining tabrik izhorlari bitilgan maktubga ko’zingiz tushadi. Ushbu maktubda «Dear DV Applicant, » deb sizning Ism Familiyangiz va yashash manzilingiz to’g’risida ma’lumot keltirilgan bo’ladi.
Agar bu yozuvlarni ko’rsangiz, sizning hayotingiz katta o’zgarish arafasida turgan bo’ladi. Nimaga deysizmi? Chunki, sizning orzuyingiz amalga oshyapti.
Grin kart lotereyasida qatnashish pullikmi
Bu o’yinda qatnashish mutlaqo bepul. Agar sizdan ma’lum miqdorda pul talab qilinsa, siz noto’g’ri saytga kirib qolgan bo’lasiz. Sizdan rasmiy harajatlar uchun ham pul so’rashlari mumkin, bu firibgarchilikdan o’zgasi emas. Esingizdan chiqmasin barchasi mutlaqo bepul.
Ma’lum bir korxona orqali bu o’yin o’ynalsa, yutish imkoniyati ko’payadimi
Hech qanday. Sizga anketani to’ldirishga yordam berayotgan korxonalarning biri ikkinchisidan aslo ustun emas. Bu o’yin qandaydir korxonalar orqali o’ynalsa, yutish imkonini ko’paytirmaydi.
Qandaydir korxonalarda o’ynab, g’olib bo’lganlarning vizasi urilgan pasportlarni ko’rib, ishonib ketavermang. Chunki, u pasport haqiqiy yoki yo’qligini, o’sha pasportning egasi aynan o’sha korxona orqali o’ynaganini hechqachon tekshira olmaysiz. Sizga bunday pasportlarni ko’rsatib, korxona orqali o’ynashga ishontirishga urinishadi. Bunga aslo ishonmahg!
Esingizdan chiqarmang! Anketani qimmatga to’ldiradigan ham, arzonga to’ldiradigan korxonalarning ham, sizning green card yutib olishingizga hech qanday foydasi yo’q. Siz shuni bilib oling, bu green cardni faqatgina o’z omadingiz orqali yutib olishingiz mumkin.
Arizani imtihonga yaqin topshirsam, yutish imkonim ko’payadimi
Yo’q. Bu xalq orasida yuradigan safsata. Siz bunday gaplarga ishonib yurmang. Lotoreya o’ynash sanasi e’lon qilingan kundan boshlab, 30 kun ichida istalgan payt topshirishingiz mumkin. Anketani qaysi kun qanday topshirilganini hech kimga qizig’i yo’q. Muhimi, siz anketani to’liq topshirib, fotosuratingizni sifatli yuklasangiz bo’ldi.
Qanday qilib yutish imkoniyatimni oshirsam bo’ladi
Buning hech qanday ma’lum bir “fishkalari” yo’q. Buning sababini yuqorida aytib o’tganimdek hammasi bilimingizga va omadingizga bog’liq. Yutishning yagona bir imkoniyati bu, oilaviy ya’ni er-xotin va balog’atga yetmagan farzandlar o’ynashi. Chunki, ulardan qaysi biri yutishidan qat’iy nazar, ularning barchasi GreenCard olish huquqiga ega bo’lishadi.
Sizga ma’lum bir pul evaziga yutish imkoniyatingni oshirib beramiz deyishsa, ularga ishonmang. Bu noqonuniy yo’l hisoblanadi.
Xulosa
Bugun o’zingizni qiziqtirgan savollarga, maqolam orqali javob topdingiz degan umiddaman. Maqola yoqqan bo’lsa, do’stlaringizga ulashing. Saytning blok yangiliklariga obuna bo’lmaganmisiz? Unday bo’lsa, hoziroq obuna bo’ling va hayot faoliyatingiz uchun foydali maqolalardan bahramand bo’ling. Xayr, salomat bo’ling.